«Yuventus» argentinalik hujumchi Niko Gonsales bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuv 2030 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.
28 yoshli futbolchi 2025/26 yilgi mavsumni Madridning «Atletiko» klubida ijara asosida o‘tkazgach, Turinga qaytdi. Argentinalik hujumchi Ispaniya jamoasi safida 35 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi. Biroq u Ispaniya chempionatida majburiy sotib olish bandi ishga tushishi uchun zarur bo‘lgan miqdorda o‘yin o‘tkazmadi.
Italiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Madrid klubi yozda futbolchini to‘liq transfer asosida sotib olishga uringan, ammo tomonlar transfer narxi bo‘yicha kelisha olmagan.
Joriy mavsum boshida Gonsales Turin jamoasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Shuningdek, argentinalik futbolchi Italiya chempionatidagi so‘nggi uchta bahsda asosiy tarkibdan joy oldi.













