Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa yarim himoyachisi Jamal Musialaning jarohatlari bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
"U kelgusi yillarda hech qanday muammosiz o‘ynay olishiga umid qilaman.
Biroq og‘ir jarohatdan keyin kuchli tarzda safga qaytsang ham, uning ta’siri butun umr sen bilan qoladi.
Jamal gol urganida jamoamiz doimo xursand bo‘ladi", — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi "Bavariya" rasmiy sayti.
Milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun ajratilgan so‘nggi tanaffus vaqtida Musiala mushak jarohati sabab Germaniya terma jamoasi ixtiyoridan muddatidan avval qaytgan edi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "Bavariya" safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













