"Galatasaroy" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Haberler nashri jurnalisti 35 yoshli futbolchidan sobiq jamoasiga qarshi bahsga tayyor yoki tayyor emasligini so‘radi.
"Men o‘ynamayapman, shunday ekan, qanday qilib tayyor bo‘lishim mumkin?" — deya javob qaytardi Gyundogan.
35 yoshli yarim himoyachi hozirga qadar "Galatasaroy"ning asosiy tarkibida biror marta maydonga tushmagan. U faqat ikkita uchrashuvda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.
"Galatasaroy" va "Barselona" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi tur uchrashuvi 13 oktyabr, seshanba kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.













