"Galatasaroy" hujumchisi Viktor Osimxen Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan kuchli hayajonni his qilyapman. Chunki bizga, ehtimol, dunyoning eng yaxshi jamoasi raqiblik qiladi.
Bunday raqibga qarshi maydonga katta ishtiyoq va yuqori diqqat bilan chiqish kerak. Ko‘p pressing qilish talab etiladi.
Biz tayyormiz", — deya Osimxenning so‘zlarini keltiradi Le Marca Sports.
Avvalroq nigeriyalik hujumchi jarohat sabab bir nechta uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi. Biroq u xalqaro tanaffus davomida sog‘ayishga ulgurdi.
9 oktyabr kuni Osimxen Turkiya chempionati doirasida "Qosimposha"ga qarshi bahsda maydonga tushdi.
"Galatasaroy" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan ushbu uchrashuvda hujumchi atigi 13 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, golli uzatmani amalga oshirdi.
Chempionlar ligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan "Galatasaroy" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs O‘zbekiston vaqti bilan 14 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.













