Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montellaning iste’fosiga munosabat bildirdi.
Italiyalik mutaxassisning lavozimidan ozod etilgani juma kuni e’lon qilingan edi.
«Ustoz, hammasi uchun sizga rahmat!
Sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun doimo juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Biz Turkiya terma jamoasida birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. Bu ajoyib xotiralar uchun sizdan doimo minnatdor bo‘laman.
Siz bilan ishlash men uchun katta mamnuniyat edi.
Kelgusi faoliyatingizda sizga va murabbiylar shtabingizga barcha ezgu tilaklarni tilayman», — deb yozdi Gyuler ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Vinchenso Montella 2023 yil sentyabr oyidan buyon Turkiya milliy terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.













