«Liverpul» Londonning «Fulxem» klubi hujumkor yarim himoyachisi Josh Kingni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Mersisaydliklar 19 yoshli futbolchini yanvar oyida sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Fulxem» Kingni sotishni istamayapti. Biroq klub mavjud muammolarini inobatga olgan holda, futbolchi bilan xayrlashishga rozi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, «Liverpul» iste’dodli yarim himoyachi uchun kurashda jiddiy raqobatga duch kelishi ehtimoldan xoli emas.
Sababi, Josh Kingga «Barselona», «Manchester Yunayted» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda King barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Fulxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Josh Kingning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.













