«Manchester Siti»ning yulduz hujumchisi Erling Xoland Xosep Gvardiola ketganidan keyin jamoada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Jamoamizda yangi futbolchilar ko‘p. Ularga vaqt berishimiz kerak, garchi futbolda hech kim uzoq kutishni yoqtirmasa ham.
Yangi futbolchilar darhol o‘yinga kirishib ketishi va nimalarga qodir ekanini ko‘rsatishi lozim.
Biz bir-birimizga yordam berishimiz, g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak», — deya norvegiyalik to‘purarning so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Angliya Premyer-ligasining beshta turidan so‘ng Enso Mareska shogirdlari 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
«Manchester Siti» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini safarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.
Bahs 11 oktyabr kuni «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tadi.













