Myunxenning "Bavariya" klubi Germaniya Bundesligasining 5-turida "Augsburg"ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
10 oktyabr kuni Augsburg shahridagi "VVK Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuv boshida "Bavariya" futbolchilari to‘pni maydon markazidan o‘yinga kiritib, uni darvozabon Manuel Noyerga uzatdi.
Biroq tajribali golkiper xatoga yo‘l qo‘ydi. Bundan foydalangan Robin Fellxauer to‘pni egallab, o‘yinning 8-soniyasidayoq hisobni ochdi.
Bu Germaniya chempionati tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
Mezbonlar safida Rodrigu Ribeyru ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
"Bavariya"ning gollariga esa Ismael Saybari va Nataniel Braun mualliflik qildi.
Myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn har ikkala golga ham assistentlik qilib, o‘z hisobiga ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi.













