Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida "Qizilqum" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qildi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa raqib darvozasi oldida vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisobni ochishning uddasidan chiqa olmadi. Yakunda bahs 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi.
Shu tariqa, "Qizilqum" 23 ta o‘yindan keyin ochkolari sonini 30 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘rinda qoldi. "Surxon" esa 27 ochko bilan 12-pog‘onada joylashdi.
Turning so‘nggi ikki uchrashuvi 11 oktyabr kuni o‘tkaziladi. OKMK "Navbahor"ni, "So‘g‘diyona" esa "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Har ikki bahs soat 16:00 da boshlanadi.
Superliga, 23-tur
"Qizilqum" — "Surxon" — 0:0













