Sobiq futbol hakami Eduardo Iturralde Gonsales Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Real» — «Vilyarreal» uchrashuvida (1:0) Vinisius Juniorning maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi.
Bahsning 72-daqiqasida bosh hakam Isidro Dias de Mera videotakrorni ko‘rib chiqqach, braziliyalik futbolchining golini bekor qildi va unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Bunga Vinisiusning hujum davomida «Vilyarreal» yarim himoyachisi Natan Salibaning sochidan tortishi sabab bo‘ldi.
«Vinisius Bellingemning harakatini to‘xtatib qolishi mumkin bo‘lgan futbolchining sochidan tortdi. Bu qoidabuzarlik hisoblanadi. Keyin hakam sochdan tortish qanchalik kuchli bo‘lganini baholashi kerak.
Hakam bu harakatni kuchli tortish deb baholagani uchun qizil kartochka ko‘rsatdi. Maydondan chetlatish qarori mutlaqo to‘g‘ri.
Katta ehtimol bilan, Vinisius ikki o‘yindan to‘rt o‘yingacha diskvalifikasiya qilinadi», — dedi Iturralde Gonsales.













