Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Josh Achimpong jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Transfer News Live nashri TEAMtalk ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, "ko‘klar" 20 yoshli futbolchini o‘z safida saqlab qolish maqsadida unga maoshi oshirilgan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Istiqbolli angliyalik himoyachining "Chelsi" bilan amaldagi kelishuvi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Achimpongga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, "Arsenal", "Liverpul", "Bornmut" va "Nyukasl" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt portali 20 yoshli himoyachining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Asosan markaziy himoyada harakat qiladigan, shuningdek, himoya qanotida ham o‘ynay oladigan Achimpong joriy mavsum Xabi Alonso boshchiligidagi "Chelsi" tarkibida yettita uchrashuvda maydonga tushdi.













