Xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Luka Modrich kelajakda yaxshi murabbiy bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi jihatlaridan biri haqida gapirdi.
41 yoshli futbolchi italiyalik jurnalistlar bilan suhbatda o‘z ishtirokidagi uchrashuvlarni muntazam qayta tomosha qilishi va maydondagi harakatlarini tahlil qilishini ma’lum qildi.
"Men o‘z o‘yinlarimni tahlil qilish uchun ularni qayta tomosha qilishni yaxshi ko‘raman.
Bir uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyatlar ko‘pincha boshqa o‘yinlarda ham takrorlanadi. Shu sababli avval qayerda xato qilganingni bilib olasan va keyingi safar bunday holatda boshqacha harakat qilishing yoki to‘g‘ri qaror qabul qilishing mumkin bo‘ladi.
Aynan shuning uchun men maydonda sodir bo‘lgan voqealarni shunchaki ortda qoldirishdan ko‘ra, ularni tahlil qilishni afzal ko‘raman", — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi Pianeta Milan nashri.
Eslatib o‘tamiz, tajribali xorvatiyalik futbolchi ayni paytda 41 yoshda.













