Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal 2-1 Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum 0-0 Surxon
10/10 18:00 Jenoa 2-1 Fiorentina
10/10 19:00 Aston Villa 2-2 Brentford
10/10 19:00 Chelsi 5-1 Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich 2-1 Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend 0-2 Brayton
10/10 19:15 Alaves 1-2 Atletiko
10/10 21:00 Inter 3-0 Parma
10/10 21:30 Man. Yunayted 1-1 Tottenhem
10/10 21:30 Barselona 3-0 Xetafe
10/10 23:45 Napoli 3-0 Frozinone
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

«Neftchi»ning OFK Elit Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibi haqida

«Neftchi»ning OFK Elit Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

12 oktyabr kuni «Neftchi» OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 2-turi doirasida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga qarshi maydonga tushadi. Farg‘onaliklar musobaqaning dastlabki turida Iroqning «Al-Quva Al-Javiya» jamoasini Zoran Marushichning 83-daqiqada kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Keling, «Neftchi»ning navbatdagi raqibi haqida batafsil to‘xtalamiz.

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni futbolidagi eng nomdor va sovrindor klublardan biri hisoblanadi. Ar-Riyod jamoasi 1955 yil 24 oktyabr kuni tashkil topgan bo‘lib, 70 yildan ziyod tarixga ega.

Jamoa muxlislar orasida «Al-Alami», ya’ni Jahon klubi hamda «Foris Najd» — Najd risarlari laqablari bilan mashhur. Klubning asosiy ranglari sariq va ko‘k bo‘lib, ular Saudiya Arabistoni cho‘llari hamda Arabiston yarimorolini o‘rab turgan dengizlarni ifodalaydi.

«An-Nasr» o‘z uy uchrashuvlarini Ar-Riyod shahridagi «Al-Avval Park» stadionida o‘tkazadi. Qirol Saud universiteti hududida joylashgan ushbu arena 25 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Stadion zamonaviy infratuzilmasi va muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan Saudiya Arabistonidagi mashhur futbol arenalaridan biri hisoblanadi.

«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatida 11 marta g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, klub mamlakat Qirol kubogi, Valiahd shahzoda kubogi va Superkubogini ham bir necha bor qo‘lga kiritgan. Ar-Riyodliklar tarix davomida «Al-Hilol» va «Al-Ittihod» bilan Saudiya Arabistoni futbolidagi yetakchilik uchun kurashib kelmoqda.

Jamoa 2025/26 yilgi mavsumda yetti yillik tanaffusdan so‘ng Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi. Mavsumda «An-Nasr» 34 ta uchrashuvda 28 ta g‘alaba, 2 ta durang va 4 ta mag‘lubiyat qayd etib, 86 ochko jamg‘ardi. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi «Al-Hilol»ni 2 ochkoga ortda qoldirdi va 91 ta gol bilan chempionatning eng sermahsul klubiga aylandi.

«An-Nasr» xalqaro maydonda ham muhim yutuqlarga erishgan. Jamoa 1998 yilda Osiyo kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan. Hal qiluvchi uchrashuvda Janubiy Koreyaning «Suvon Samsung Blyuvings» klubi 1:0 hisobida mag‘lub etilgan. O‘sha yili «An-Nasr» Osiyo Superkubogida ham g‘olib chiqib, bir yilning o‘zida qit’a miqyosidagi ikkita sovringa ega bo‘lgan.

Aynan ushbu muvaffaqiyatlar jamoaga 2000 yilda Braziliyada o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi ilk Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etgan. «An-Nasr» ushbu musobaqada «Real Madrid», «Korintians» va «Raja Kasablanka» klublari bilan bir guruhdan joy olgan. Ar-Riyodliklar Marokash vakilini 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, guruh bosqichidan chiqa olmagan.

Jamoani ayni paytda 61 yoshli avstraliyalik mutaxassis Ange Postekoglu boshqarmoqda. U 2026 yilning iyul oyida «An-Nasr» bosh murabbiyi etib tayinlandi va klub bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Postekoglu bungacha Avstraliya milliy terma jamoasi, «Yokogama F. Marinos», «Seltik», «Tottenhem» va «Nottingem Forest» klublarida faoliyat olib borgan. U Avstraliya terma jamoasi bilan 2015 yilgi Osiyo kubogini, «Tottenhem» bilan esa 2024/25 yilgi UYEFA Yevropa ligasini qo‘lga kiritgan.

«An-Nasr» tarkib jihatidan nafaqat Saudiya Arabistoni, balki butun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Klubning eng mashhur futbolchisi, shubhasiz, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu sanaladi. Besh karra «Oltin to‘p» sohibi 2023 yilning yanvar oyidan buyon Ar-Riyod klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 41 yoshli hujumchi 2025/26 yilgi Saudiya Arabistoni chempionatida 28 ta gol kiritib, jamoasining chempionlikni qo‘lga kiritishiga muhim hissa qo‘shdi.

Ronaldu bilan bir qatorda jamoada Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane, Fransiya milliy jamoasida o‘ynagan Kingsli Koman, portugaliyalik Joau Feliks, braziliyalik darvozabon Bento, fransiyalik himoyachi Muhammad Simakan hamda ispaniyalik Inigo Martines kabi taniqli futbolchilar faoliyat olib bormoqda.

Jamoaning mahalliy futbolchilari orasida ham Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi vakillari ko‘p. Darvozabon Navof Al-Aqidiy, himoyachi Abduliloh Al-Amriy, yarim himoyachilar Abdulloh Al-Xaybariy va Ayman Yahyo, shuningdek, hujumchi Abdulloh Al-Hamdon 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Saudiya Arabistoni milliy jamoasining yakuniy tayyorgarlik yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» — «Neftchi» uchrashuvi 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi «Al-Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:15 da start oladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:12, 11.10.2026.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик