"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoa yarim himoyachisi Florian Virsning o‘yinini keskin tanqid qildi.
23 yoshli germaniyalik futbolchi yakshanba kuni "Enfild" stadionida "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. "Liverpul" 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bahsda Virs 66-daqiqaga qadar maydonda harakat qildi.
"Liverpul" Virs uchun juda katta mablag‘ sarfladi, ammo u hozircha o‘ziga bildirilgan ishonchni mutlaqo oqlamayapti. Kumas va Munyos 200 million funtga xarid qilingan futbolchilardan yaxshiroq ko‘rindi. Bunday bo‘lishi mumkin emas.
Ularning maydondagi pozisiyalari turlicha ekanini tushunaman, ammo Virsni Gravenberxning o‘rniga tushirish mumkin emas. Hozirgi paytda Florian shunchaki talab darajasida o‘ynamayapti", — dedi Karrager Sky Sports efirida.
"Liverpul" o‘tgan yili Florian Virsning transferi uchun 125 million yevro sarflagan edi.
Germaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, bor-yo‘g‘i bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













