Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Zirkzee «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin — yangi klubi ma’lum

Zirkzee «Manchester Yunayted»ni tark etishga yaqin — yangi klubi ma’lum

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee Italiyaning «Napoli» klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Transfer kelasi yilning yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Football365 nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining Neapol klubiga o‘tishida «Manchester Yunayted»ning sobiq o‘yinchilari Rasmus Xoylunn va Skott Maktominey muhim rol o‘ynashi mumkin. Ayni paytda «Napoli» sharafini himoya qilayotgan ushbu futbolchilar Zirkzeening transferini qo‘llab-quvvatlashi ehtimol qilinmoqda.

Shu bilan birga, hujumchining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq «Manchester Yunayted» rahbariyati tarkibdagi kadrlar bilan bog‘liq muammolar tufayli yanvar oyidagi transferlar bozorida yanada faol harakat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Joshua Zirkzee 2024 yilning yozida Italiyaning «Bolonya» klubidan «Manchester Yunayted»ga taxminan 36,5 million funt sterling (43 million yevro) evaziga o‘tgan.

Niderlandiyalik hujumchi joriy mavsumda Manchester klubi safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Zirkzeening transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:42, 12.10.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик