Myunxenning «Bavariya» klubi qanot hujumchisi Maykl Olise bilan shartnomani uzaytirish borasida dastlabki ishlarni boshladi.
Fransiyalik futbolchining nomi muntazam ravishda Madridning «Real» klubiga ehtimoliy transfer bilan bog‘lanmoqda. Biroq myunxenliklar rahbariyati o‘z yetakchilaridan biri bilan xayrlashish niyatida emas.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan. Shunga qaramay, «Bavariya» vakillari allaqachon 24 yoshli futbolchi bilan bog‘lanib, uning kelajagi yuzasidan dastlabki muloqotni o‘tkazgan.
Klub rahbariyati Olisega uni uzoq yillar davomida jamoa safida saqlab qolish istagida ekanini aniq bildirgan.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham «Bavariya»ni tark etishni talab qilmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Oliseni myunxenliklar bilan bog‘lab turgan amaldagi shartnoma 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.













