Angliya Premyer-ligasining 6-turi doirasida «Koventri» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi.
Uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahsning 6-daqiqasida Jek Rudoni penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Koventri» ustunligini oshirdi. 48-daqiqada Sidiki Sherif raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
70-daqiqada Sven Botman «Nyukasl»ning yagona golini urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.
Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar yana ikki bor muvaffaqiyat qozondi. 81-daqiqada Ellis Simms jamoasining uchinchi golini urgan bo‘lsa, 86-daqiqada Stefen Mfuni yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Koventri» ochkolari sonini 6 taga yetkazib, Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni egalladi.
«Nyukasl» esa 8 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.













