«Marsel» ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alabalar sari qaytdi. «Trua»ga qarshi bahsda Bruno Jenezio shogirdlari 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu natija bir necha hafta davomida g‘alaba qozona olmagan «Olimpik» jamoasiga biroz yengil nafas olish imkonini berdi. Biroq jamoa Marselga ko‘tarinki kayfiyatda qaytayotgan bo‘lsa-da, Joffrey Kondogbia haqida bunday deb bo‘lmaydi.
Uchrashuv oldidan o‘tkazilgan qizish mashg‘uloti vaqtida «Marsel» muxlislaridan biri fransuz yarim himoyachisiga qarata: «Sen yomon o‘ynayapsan!» — deb baqirdi. Kondogbia esa: «Odamlarni hurmat qil!» — deb javob qaytardi va muxlisning oldiga bordi. Shunda muxlis: «Men seni haqorat qilganim yo‘q. Shunchaki yomon o‘ynayotganingni aytdim, xolos», — dedi.
Oxir-oqibat, stadion nazoratchilari aralashuvidan so‘ng futbolchi tinchlandi va jamoadoshlari bilan mashg‘ulotni davom ettirdi.













