Mashhur insayder Fabrisio Romano «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrikning yaqin orada lavozimidan ozod etilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Qizil iblislar» Premyer-liganing joriy mavsumidagi dastlabki oltita uchrashuvda atigi bir marta g‘alaba qozondi. Yaqinda «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda (1:1) jamoa son jihatdan ustunlikka ega bo‘lib, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarini ko‘pchilik bo‘lib o‘tkazganiga qaramay, g‘alabani saqlab qola olmadi. Shundan so‘ng Karrikning ehtimoliy iste’fosi haqidagi muhokamalar yanada kuchaydi.
Romanoning xabar berishicha, ayni paytda klub ichida vaziyat xotirjam: rahbariyat angliyalik murabbiyga ishonmoqda va unga vaziyatni o‘nglash uchun vaqt berishga tayyor. Futbolchilar ham murabbiyni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.













