Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

Kerrik Fernandeshning «Atletiko»ga qarshi o‘ynashga tayyorligi haqida gapirdi

Kerrik Fernandeshning «Atletiko»ga qarshi o‘ynashga tayyorligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Madridning «Atletiko»siga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan yarim himoyachi Brunu Fernandeshning ayni paytdagi holati haqida fikr bildirdi. Sentyabr oyida Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Jorje Jezush futbolchi milliy jamoa ixtiyoriga jarohat bilan kelgani va og‘riqqa qaramay o‘ynaganini ma’lum qilgan edi.

«Brunu yana o‘zining eng yaxshi jismoniy holatiga qayta oladimi? Albatta, bunga qodir, chunki biz yuqori darajadagi futbolchi haqida gapiryapmiz. Ba’zan ishlar istagandek ketmaydi, shunday davrlar ham bo‘lib turadi. Ushbu klub uchun aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirgan va kelajakda ham shunday natijalarga erishadi. Bunga hech qanday shubham yo‘q.

Brunu terma jamoada o‘ynadi va u yerda muayyan muammolarga duch keldi. Ammo menimcha, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Balki odamlar buni anglamas, lekin futbolchilar og‘riqqa qaramay maydonga tushishadi. Men ham shunday o‘ynaganman va faoliyatim davomida ehtimol, o‘yinlarning 80 foizida u yoki bu noqulaylikni his qilganman. Bu ideal holat emas, ammo uni yengib o‘tish mumkin.

Brunu so‘nggi uchrashuvlarda o‘ynay oldi. Unda buning uchun zarur bo‘lgan fidoyilik bor. Shuning uchun, ha, u bu muammoni deyarli yengib o‘tdi. Hali kichik muammolar bor, ammo aytganimdek, bunday holatlar barcha jamoalarda uchraydi. Shu bois hozir bu katta ahamiyatga ega emas. Brunu yaxshi holatda, bugun ertalab uning kayfiyati a’lo edi va u o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda», — deya Kerrikning so‘zlarini «Manchester Yunayted» rasmiy sayti keltiradi.

Kiritildi: 09:11, 13.10.2026.
O'qildi: 408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик