Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 2025/2026 yilgi mavsumda UYEFA Chempionlar ligasi finalida "Pari Sen-Jermen"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng shogirdlariga nimalar deganini oshkor qildi.
Ispaniyalik mutaxassis futbolchilariga hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etish imkoniyatini yana bir bor qo‘lga kiritish uchun astoydil mehnat qilishlari kerakligini ta’kidlagan.
"Men futbolchilarimga shunday dedim: sizlar Chempionlar ligasi finalida o‘ynash imkoniyatiga yana bir bor munosib ekaningizni isbotlashingiz kerak.
Bu qanchalik qiyin ekanini va klubimiz Chempionlar ligasining hal qiluvchi bahsiga necha marta yetib kelganini juda yaxshi bilamiz", — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi insayder Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida Fransiyaning "PSJ" klubiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
Mikel Arteta shogirdlari joriy mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida o‘z maydonida Fransiyaning "Lill" klubini qabul qiladi.













