«Roma» hujumchisi Doniell Malen UYEFA Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan ispaniyaliklar yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
Niderlandiyalik futbolchi sobiq jamoadoshining mahoratiga yuqori baho berib, u bilan yana bir bor maydonda uchrashishdan mamnun bo‘lishini ta’kidladi.
«Yo‘q, hali u bilan gaplashmadim. Men Judni juda yaxshi taniyman, chunki biz ancha vaqt bir jamoada o‘ynaganmiz.
U haqiqatan ham o‘zgacha futbolchi, juda yuqori mahoratga ega. Bundan tashqari, o‘rtamizda ajoyib munosabatlar shakllangan.
Uni anchadan buyon ko‘rmadim. Shuning uchun yana uchrashish biz uchun yoqimli bo‘ladi», — dedi Malen matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Doniell Malen va Jud Bellingem 2021–2023 yillar davomida Germaniyaning Dortmund «Borussiya»si safida birga to‘p surgan.
Endilikda sobiq jamoadoshlar Chempionlar ligasida raqib sifatida to‘qnash kelishadi.
«Roma» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv 14 oktyabr kuni Rim shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













