"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Portu"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida so‘zga chiqdi. Chempionlar Ligasining ikkinchi tur o‘yini 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Biz uch ochko olishga qodir ekanligimizga ishonamiz, garchi bu juda qiyin o‘yin bo‘lsa ham. Biz avvalgi o‘yinlarda yaxshi natijalarga erishganimizni davom ettirmoqchimiz: to‘liq fidoyilik va yuqori temp bilan o‘ynash, xarakter ko‘rsatish. Bizda kuchli tarkib bor, bu menga har uch kunda o‘yinlar bilan tor jadval asosida o‘yinchilarni tanlash imkonini beradi", dedi murabbiy.
Musobaqaning birinchi bosqichida "Betis" "Lill"ni (3:2) mag‘lub etdi, "Portu" esa "Manchester Siti"ga (2:0) yutqazdi.













