Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

"Real" "Barselona" qiziqish bildirayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Real" "Barselona" qiziqish bildirayotgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va Londonning "Tottenxem" klubi qanot himoyachisi Pedro Porro o‘z vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi Madridning "Real" klubi e’tiboriga tushgan. "Qirollik klubi" himoyachining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Madridliklar o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasini kuchaytirishni istamoqda.

Avvalroq Porroni o‘z safiga qo‘shib olishga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchining transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Porroning "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:34, 14.10.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик