"Manchester Siti" bugun, 14 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turi doirasida o‘z maydonida "Pari Sen-Jermen" klubini qabul qiladi.
Ekspertlar bo‘lajak uchrashuvda Angliya klubini favorit sifatida baholamoqda. "Manchester Siti"ning g‘alaba qozonish ehtimoli 46,7 foizni tashkil etmoqda.
"PSJ"ning g‘alabasiga 29,9 foiz, o‘yinning durang bilan yakunlanishiga esa 23,4 foiz ehtimol berilgan.
Chempionlar ligasining birinchi turida "Manchester Siti" safarda "Portu"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. "PSJ" esa o‘z maydonida "Slovan"ni 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan.













