Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone onasi vafot etgan jamoa sardori Kokeni qo‘llab-quvvatladi.
Futbolchi ushbu qayg‘uli voqea sababli UEFA Chempionlar ligasida «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
«Kokedek biz uchun juda muhim bo‘lgan futbolchi va insonning oilasidagi yo‘qotishni boshdan kechirish, albatta, barchamiz uchun og‘ir.
Shunga qaramay, yigitlar ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. Ular hamdardlik ko‘rsatib, Kokeni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning ismi tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi.
Biz muhim uchrashuv o‘tkazdik», — deya Simeonening so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.
«Atletiko» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida «Manchester Yunayted»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Madriddagi «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar safida Pablo Barrios va Ademola Lukman gol urdi.













