Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Isroil Madrimovning Toshkentdagi jangi boshqa muddatga qoldirildi

Isroil Madrimovning Toshkentdagi jangi boshqa muddatga qoldirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning ozarbayjonlik Seymur Isayevga qarshi jangi dekabr oyiga ko‘chirildi.

Lift Promotions kompaniyasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 30 oktyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro boks oqshomi tashkiliy sabablar tufayli 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar yuzaga kelgan noqulayliklar uchun muxlislardan uzr so‘rab, muxlislar xavfsizligi birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlagan.

Madrimovning raqibi — o‘z vaqtida UBO versiyasi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan ozarbayjonlik Seymur Isayev (15-2, 13 KO). U so‘nggi beshta jangining ikkitasida imkoniyatni boy berganiga qaramay, oxirgi uchta to‘qnashuvda ketma-ket g‘alabaga erishgan.

Ayni paytda The Ring jurnali reytingida o‘z vazn toifasida (69,9 kg) 4-o‘rinni egallab turgan Isroil Madrimov (11-2-1, 7 KO) uchun bu 2026 yildagi ikkinchi jang bo‘ladi. O‘zbekistonlik bokschi so‘nggi bor shu yilning yanvar oyida AQSHda ringga ko‘tarilib, dominikanlik Luis Devid Salazarni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:50, 14.10.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик