«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi va sardori Roy Kin jamoa futbolchilarini keskin tanqid qildi.
«Manchester Yunayted» — qandaydir sirk. Endi futbolchilar maydonda o‘zlarini ko‘rsatib, natija uchun javob berishni boshlashlari kerak. Bu futbolchilarning hech biri so‘nggi bir necha yil davomida jamoa uchun hech narsa qilmadi», — deya irlandiyalik futbolchining so‘zlarini The Touchline ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltirdi.
«Qizil iblislar» so‘nggi uchrashuvda UEFA Chempionlar ligasining umumiy bosqichi ikkinchi turida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushdi. Maykl Kerrik shogirdlari Ispaniyaning kuchli jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
APL turnir jadvalida «Manchester Yunayted» 6 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.













