Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Infantino JCH-2026 huquqlarining bir qismini sotish rejasi uchun FIFA kengashidan uzr so‘radi

Infantino JCH-2026 huquqlarining bir qismini sotish rejasi uchun FIFA kengashidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -2

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino tashkilot kengashi yig‘ilishida jahon chempionatini o‘tkazish huquqlarining bir qismini sotish rejasi uchun uzr so‘radi. Biroq u ishtirokchilarni qiziqtirgan muhim savollarga javob bermadi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

FIFA kengashining yig‘ilishi 15 oktyabr, payshanba kuni Syurix shahrida bo‘lib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishning asosiy mavzulari qatorida Jahon chempionati-2026 vaqtida AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Baloguning diskvalifikasiyasi bekor qilingani bilan bog‘liq shov-shuvli qaror hamda jahon chempionatiga bo‘lgan huquqlarning bir qismini sotish rejasi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Infantino FIFA faoliyatida eng ko‘p xavotir uyg‘otayotgan masalalar bo‘yicha na yangi tafsilotlarni, na hujjatlarni taqdim etgan.

FIFA vise-prezidenti, shuningdek, Angliya futbol assosiasiyasi rahbari Debbi Xyuittning ma’lum qilishicha, uch yarim soat davom etgan uchrashuvda Infantinoning rejasiga nisbatan yozma dalillar taqdim etishni talab qilgan Yevropa futbol amaldorlari bilan munozara bo‘lgan.

Ular Jahon chempionatiga xususiy kapitalni jalb qilish rejasi bo‘yicha yozma isbotlar taqdim etilishini talab qilgan. Biroq Infantino amaldorlarga o‘z savollarini yozma ravishda shakllantirishni taklif qilgan.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:55, 15.10.2026.
O'qildi: 739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик