Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan Farg‘ona vodiysi derbisida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qiladi. Qo‘qon shahridagi «Markaziy» stadionida o‘tadigan uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Andrey Shipilov boshchiligidagi «Qo‘qon-1912» 23-turdan keyin 23 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog‘onasini egallab turibdi. Islombek Ismoilov boshqarayotgan «Neftchi» esa 52 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Jamoalarning turnir jadvalidagi holati:
«Qo‘qon-1912» — 13-o‘rin
-
O‘yinlar: 23
-
G‘alabalar: 5
-
Duranglar: 8
-
Mag‘lubiyatlar: 10
-
To‘plar nisbati: 22:30
-
Ochkolar: 23
«Neftchi» — 2-o‘rin
-
O‘yinlar: 23
-
G‘alabalar: 16
-
Duranglar: 4
-
Mag‘lubiyatlar: 3
-
To‘plar nisbati: 52:19
-
Ochkolar: 52
O‘zaro uchrashuvlar
Jamoalar shu kunga qadar 33 marta o‘zaro bahs olib borgan. Ularning 22 tasida «Neftchi», 6 tasida «Qo‘qon-1912» g‘alaba qozongan. Yana 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Kiritilgan gollar nisbati ham farg‘onaliklar foydasiga — 79:40.

Jamoalarning so‘nggi beshta o‘zaro uchrashuvi:
-
«Neftchi» — «Qo‘qon-1912» 4:0
-
«Qo‘qon-1912» — «Neftchi» 1:2
-
«Neftchi» — «Qo‘qon-1912» 0:0
-
«Qo‘qon-1912» — «Neftchi» 3:3
-
«Neftchi» — «Qo‘qon-1912» 1:0
Bugungi uchrashuvni G‘ayrat Jo‘rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Uchrashuv ma’lumotlari:
-
Sana: 16 oktyabr
-
Boshlanish vaqti: 19:00
-
Stadion: «Markaziy» (Qo‘qon)
-
Bahs: «Qo‘qon-1912» — «Neftchi»













