Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Errera: "Messiga o‘xshagan futbolchini boshqa ko‘rmasak kerak"

Errera: "Messiga o‘xshagan futbolchini boshqa ko‘rmasak kerak"

Baho:
+ | -

Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera "PSJ" safida Lionel Messi bilan birga to‘p surgan davrlarini esladi.

37 yoshli futbolchi Rio Ferdinandga bergan intervyusida o‘sha paytda Parij klubida o‘ynagan ko‘plab yulduzlar orasida aynan argentinalik hujumchi unda eng katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

"Messi — bu butunlay boshqa daraja. Biz bunday futbolchini boshqa ko‘rmasak kerak. Uning betakrorligi faqat o‘yinlarda emas, balki har bir mashg‘ulotda ham namoyon bo‘lardi.

Men uning necha marta to‘pni yo‘qotishini sanab ko‘rishga harakat qilganman, ammo u umuman to‘p yo‘qotmasdi. Mashg‘ulotlarda "rondo" mashqini bajarganimizda, u hech qachon doira markaziga tushmasdi. Chunki Messi to‘pni yo‘qotmasdi. Bu aqlbovar qilmas holat edi.

Masalan, Neymar haqida gapiradigan bo‘lsak, u mashg‘ulotlarda har doim ham o‘zining bor imkoniyatini namoyish etmasligini bilasiz. Ammo o‘yin paytida u o‘z mahoratini ko‘rsatib, uchrashuv taqdirini hal qilishi mumkin.

Leo esa istisnosiz har kuni sizni hayratga soladi. Aynan shuning uchun ham u hozirgacha bunday yuqori darajada o‘ynamoqda", — deya Erreraning so‘zlarini keltiradi TyC Sports nashri.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021–2023 yillar davomida "PSJ" sharafini himoya qilgan. Ayni paytda argentinalik yulduz AQSHning "Inter Mayami" klubida faoliyatini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 10:11, 16.10.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик