"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernalning "Liverpul"ga o‘tish ehtimoli keskin kamaydi. Mersisaydliklar istiqbolli ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan voz kechgan.
"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola yosh yarim himoyachining iqtidoriga yuqori baho beradi. Shu sababli Angliya klubi Bernalning transferi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi.
Biroq Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, "Liverpul" rahbariyati futbolchini sotib olish g‘oyasidan voz kechishga qaror qilgan.
Avvalroq mersisaydliklar 2027 yil yozida ispaniyalik tayanch yarim himoyachisini taxminan 60 million yevroga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi aytilgandi.
Biroq "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 19 yoshli futbolchiga muntazam ravishda maydonda imkoniyat bera boshladi. Natijada kataloniyaliklarning yaqin kelajakda Bernalni sotishi ehtimoli deyarli yo‘qqa chiqdi.
Bundan tashqari, "yangi Buskets" deya ta’riflanayotgan yosh futbolchi bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga ham erishilgan.













