Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

«Real» himoyachisi itlari bilan bog‘liq voqea sabab sud oldida javob beradi

«Real» himoyachisi itlari bilan bog‘liq voqea sabab sud oldida javob beradi

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi voyaga yetmagan o‘smirga uning itlaridan biri hujum qilgani sabab sudga tortiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Madrid jinoyat ishlari bo‘yicha sudi mazkur ish yuzasidan sud jarayonini 21 dekabr kuniga belgilagan.

Mendi tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq huquqbuzarlikda ayblanmoqda. 2023 yil 4 yanvar kuni futbolchining nazoratsiz qolgan to‘rtta iti hovlidan chiqib ketgan. Ulardan biri 17 yoshli o‘smirning oyog‘ini tishlagan, shuningdek, yana ikkita itga ham hujum qilgan. Jarohat olgan itlardan birini keyinchalik ahvoli og‘irligi sababli uxlatishga to‘g‘ri kelgan.

Manbaga ko‘ra, prokuratura «Real» himoyachisini 1,2 ming yevro miqdorida jarimaga tortishni, shuningdek, jabrlanuvchilarga jami 5,7 ming yevro tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:06, 17.10.2026.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик