«G‘alabadan juda xursandman. Bu stadionda o‘ynash har doim qiyin, qolaversa, raqib ham noqulay. Uchrashuv biroz tartibsiz kechishini bilardik, shuning uchun yakunda g‘alaba qozonish muhim edi. Eng asosiysi, diqqatni jamlab o‘ynash kerak edi.
Menda gol urish uchun ko‘p imkoniyat bo‘lmadi, shu bois o‘z vaziyatimni kutdim. To‘pni nazoratimga olib, hujumni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qildim. Yaxshiyamki, gol urishga muvaffaq bo‘ldim.
Menimcha, hali ko‘p jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Biz oldinga qadam tashlash bilan birga, ochkolarni ham qo‘lga kirityapmiz», — deya Isakning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.













