Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Simeone: «Baena aqlbovar qilmas darajadagi o‘yin namoyish etdi»

Simeone: «Baena aqlbovar qilmas darajadagi o‘yin namoyish etdi»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida «Espanyol» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabani sarhisob qildi. Uchrashuv taqdirini 89-daqiqada Aleks Baena tomonidan urilgan gol hal qildi.

«Juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Raqib osonlikcha taslim bo‘lmadi va himoyada juda yaxshi harakat qildi. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, 90 daqiqa davomida o‘yinni nazorat qildik, ammo uzoq vaqt darvozani ishg‘ol eta olmadik.

Birinchi bo‘limda ham gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda esa Xulianning vaziyati ayniqsa yodda qoldi. O‘shanda darvozabon ajoyib seyv amalga oshirdi», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

«Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlanadigandek tuyulgandi, ammo keyin biz ajoyib gol urdik!

Hujumni himoyadan boshlab, to‘pni maydonning bir qanotidan ikkinchisiga o‘tkazgan holda juda chiroyli kombinasiya tashkil qildik. Baena esa aqlbovar qilmas darajadagi o‘yin namoyish etdi.

Biz futbolchilarning o‘yin vaqtini va kuchini to‘g‘ri taqsimlashga harakat qildik. Uchrashuvning turli bosqichlarida maydonga yangi kuchlar kerak edi. Shu sababli avval Lukmanni, keyin Baena va Li Kan Inni maydonga tushirdik.

Kuti almashtirishni so‘raganidan so‘ng Mendosa o‘yinga qo‘shildi. Yaxshiyamki, nihoyatda murakkab kechgan uchrashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik», — dedi argentinalik mutaxassis.

Ayni paytda «Atletiko» 22 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:07, 18.10.2026.
O'qildi: 361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик