Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Kimmix: «Olise yo‘qligi vazifani qiyinlashtiradi»

Kimmix: «Olise yo‘qligi vazifani qiyinlashtiradi»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan jamoadagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Bizda jarohat olgan bir-ikki nafar futbolchi bor. Ularning jarohati jiddiy emas, deb umid qilaman.

Maykl Olise qizil kartochka olgani sababli ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Albatta, bu vazifamizni biroz qiyinlashtiradi. Ayniqsa, bunday yuqori darajadagi o‘yinda uning o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmaydi.

Shunga qaramay, tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilar yetarli. Biz bor kuchimizni ishga solamiz. Shaxsan men ushbu uchrashuvni katta ishtiyoq bilan kutyapman», — deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turida to‘rt ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

«Arsenal» esa ikki uchrashuvda olti ochko to‘plab, yettinchi pog‘onadan joy olgan.

«Bavariya» va «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 15:58, 18.10.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик