Flik uch futbolchidan xavotirda«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uch nafar futbolchining holatidan xavotirda. «Betis»ga qarshi uchrashuvda Jerar Martin va Erik Garsiya og‘riq his qilgani sababli almashtirildi. Jyul Kundening ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bor.
«Hozirgi eng muhim vazifa — tiklanish. Bu juda muhim. Seshanba kungi o‘yinda futbolchilarning maydondagi vaqtini qanday taqsimlashni ko‘rib chiqamiz. 11 nafar futbolchini tanlashimiz kerak. Hozircha Garsiyaning ahvoli qanday ekani aniq emas, Kunde va Martinda ham kichik muammolar bor. Ko‘ramiz. Oldimizda yana ikki kun bor. Tibbiy tekshiruv natijalarini kutishimiz kerak», — deya Flikning so‘zlarini Goal portali keltirmoqda.
«PSJ» va «Barselona» 20 oktyabr, seshanba kuni o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













