Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

«Tottenxem» yulduzi 17 oylik tanaffusdan so‘ng o‘yin qaydnomasiga kiritiladi

«Tottenxem» yulduzi 17 oylik tanaffusdan so‘ng o‘yin qaydnomasiga kiritiladi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoa qanot hujumchisi Deyan Kulushevski Angliya Premyer-ligasining 7-turi doirasida «Koventri»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv qaydnomasidan joy olishini tasdiqladi.

«Ha, Kulushevski zaxira o‘rindig‘ida bo‘ladi. Biz tibbiy shtab bilan uchrashuv o‘tkazdik va shifokorlar uning qaytishiga ruxsat berishdi. Bu ajoyib yangilik.

Menimcha, bu biz uchun eng yaxshi xabarlardan biri. Chunki Deki juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. U yana maydonga tushib, futbol bilan bog‘liq hissiyotlarni tuyishga munosib.

Kecha mashg‘ulotdan keyin u bilan suhbatlashdim va shunday dedim: «Deki, qara, men tibbiy shtab bilan gaplashdim, ular sening o‘ynashingga ruxsat berishdi».

Bu gaplarni eshitishi bilan uning yuzida tabassum paydo bo‘ldi. Biz juda baxtiyormiz. Haqiqatan ham, nihoyatda xursandmiz.

Bu yerda gap hatto futbol haqida ham ketayotgani yo‘q. Men hozir futbolni nazarda tutmayapman. Ha, u o‘ziga xos futbolchi, ammo masala bundan ham muhimroq.

U juda ko‘p azob chekdi. Uning bu xabarga bildirgan munosabati esa ajoyib bo‘ldi», — dedi De Dzerbi.

Eslatib o‘tamiz, Deyan Kulushevski so‘nggi marta 2025 yilning 11 may kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda maydonga tushgan edi. O‘sha bahs «Tottenxem»ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.

Shu tariqa, shvesiyalik futbolchi qariyb 17 oylik tanaffusdan so‘ng yana jamoasining o‘yin qaydnomasiga qaytmoqda.

Kiritildi: 16:31, 18.10.2026.
O'qildi: 1435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик