"Arsenal" Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi dastlabki yettita uchrashuvidan oltitasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Bugun Mikel Arteta boshchiligidagi londonliklar APLning 7-turi doirasida safarda "Nottingem Forest"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Uchrashuvdagi yagona golga Noni Madueke mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Arsenal" joriy mavsumda Angliya chempionatidagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Londonliklar mavsum boshidan buyon faqat bir marta mag‘lubiyatga uchrashgan. Arteta shogirdlari "Brayton"ga qarshi bahsda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
Ayni paytda "Arsenal" 18 ochko jamg‘argan holda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Chempionat peshqadami "Manchester Siti" hisobida 21 ochko bor. "Arsenal" yetakchidan uch ochko ortda qolmoqda.













