Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Sarri «Milan»dan uchralgan mag‘lubiyatda hakamni aybladi

Sarri «Milan»dan uchralgan mag‘lubiyatda hakamni aybladi

Baho:
+ | -

«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya A Seriyasining 7-turida «Milan»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlik qarorlarini tanqid qildi.

Bergamoliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan uchrashuvda bir qator bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Sarrining fikricha, bosh hakamning ayrim qarorlari o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatgan.

«Uchrashuv boshida bizga shiddat yetishmadi. Shu sababli raqib himoyadan osonlik bilan hujumga o‘ta oldi.

Keyinchalik hal qiluvchi vaziyatlar bizning foydamizga hal bo‘lmadi.

O‘yin davomida to‘p qo‘lga tekkan uchta holat kuzatildi. Ularning ikkitasi bizning jarima maydonchasida sodir bo‘ldi va hakam bu qoidabuzarliklarni qayd etdi. Ammo uchinchi holat e’tiborsiz qoldirildi.

Birinchi penalti bahsli vaziyatdan keyin belgilandi. Futbolchining qo‘l harakati tabiiy edi.

Agar shu mantiqqa amal qilinsa, raqib darvozasiga ham penalti belgilanishi kerak edi.

Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, endi futbolchilar hakamni haqorat qilishlari ham mumkin ekan. Buning uchun ular hatto maydondan chetlatilmayapti», — deya Sarrining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Qayd etish joiz, «Atalanta» Italiya chempionatining dastlabki yettita turidan so‘ng musobaqa jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:50, 19.10.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик