Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

UEFA FIFAga rasmiy talab qo‘ydi va javob berish uchun muhlat belgiladi

UEFA FIFAga rasmiy talab qo‘ydi va javob berish uchun muhlat belgiladi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)dan tashkilot boshqaruvi va ayrim qarorlarning qabul qilinishi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirish berishni talab qildi.

BBC Sport nashrining xabar berishicha, FIFAga zarur hujjatlarni taqdim etish va savollarga javob qaytarish uchun 2 noyabrgacha muhlat berilgan.

Sakkiz sahifadan iborat e’lon qilingan materialda bir qator bahsli masalalar ko‘tarilgan. Ular orasida FIFA Forward Enterprise (FFE) loyihasiga xususiy investisiyalar jalb etilishi, FIFAning tinchlik mukofoti hamda AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning so‘nggi jahon chempionatida shartli ravishda diskvalifikasiya qilinishi bilan bog‘liq qarorlar bor.

FIFA kengashining payshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida tashkilot prezidenti Janni Infantino jahon chempionatidan tijoriy maqsadlarda foydalanish rejasi uchun uzr so‘ragan. Biroq mazkur tashabbus qanday ishlab chiqilganiga to‘liq oydinlik kiritmagan.

UEFA rahbariyati bu masalalarga hozirning o‘zida javob berilishi shartligini ta’kidlamoqda. Yevropa futboli mutasaddilariga ko‘ra, tushuntirishlarni FIFA kengashining navbatdagi yig‘ilishigacha kechiktirish mumkin emas.

Shuningdek, kelajakda amalga oshiriladigan islohotlar avval qabul qilingan qarorlarni tekshirish va ular uchun javobgarlik masalasini hal etish o‘rnini bosa olmasligi qayd etilgan.

Hozircha FIFA belgilangan muddatda talablarni bajarmasa, UEFA qanday choralar ko‘rishi ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 22:50, 19.10.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик