Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

O‘FAda terma jamoalar murabbiylarining hisobotlari tinglandi

O‘FAda terma jamoalar murabbiylarining hisobotlari tinglandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, turli yosh toifalaridagi terma jamoalar bosh murabbiylarining xalqaro musobaqalardagi ishtirok va kelgusi turnirlarga tayyorgarlik yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Dastlab O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida barcha yosh toifalaridagi terma jamoalar murabbiylariga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada yaxshilash, taktik va psixologik tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida barcha jihatlarni hisobga olish, standart vaziyatlar va penalti zarbalari ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, hujumchilar hamda darvozabonlarning individual tayyorgarligini kuchaytirish tavsiya etildi.

Shu bilan birga, terma jamoalar murabbiylar shtabida tahlilchilar va yuqori malakali jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar doimiy ravishda faoliyat yuritishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston U-20, U-17 va U-16 terma jamoalari, shuningdek, U-17 qizlar terma jamoasi bosh murabbiylarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 13:00, 20.10.2026.
O'qildi: 307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик