«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya klubi rahbariyatini tanqid qilib, unga berilgan va’dalar bajarilmaganini ma’lum qildi.
«Menga qo‘llab-quvvatlash, muntazam muloqot va barcha qarorlarni birgalikda qabul qilishimiz va’da qilingan edi.
Biz klubda mavjud muammolar haqida suhbatlashganmiz. Ammo rahbarlar o‘z va’dalarini bajarishmadi. Aynan shu sababli men hafsalam pir bo‘lgan», — dedi ten Xag The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Niderlandiyalik mutaxassis 2022–2024 yillarda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Uning qo‘l ostida «qizil iblislar» Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida Maykl Kerrik ishlamoqda.













