"PSJ" "Barselona"ni 4:2 hisobidan ham yirikroq natija bilan mag‘lub etishi mumkin edi. Bu haqda parijliklar himoyachisi Dezire Due ma’lum qildi.
Fransiya terma jamoasi futbolchisi raqibning kuchli ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu g‘alabaning quvonchi va ahamiyatini ikki baravar oshiradi.
"Muxlislar bizni oldinga undadi. Bugun biz "Barselona"dan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘ldik va o‘z kuchimizga juda ishonardik", — dedi Due.
Uchrashuv "PSJ"ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Barselona" ikki marta hisobni tenglashtirdi, ammo hatto durang natijani ham saqlab qola olmadi.
Fransiya poytaxtidagi tartibsizliklar uchrashuvning o‘tkazilishiga xavf tug‘dirgan edi. Biroq rasmiylar bahsni qoldirmaslikka qaror qilishdi. Natijada hech qanday noxush hodisa qayd etilmadi.













