"Barselona" hujumchisi Rafinya Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "PSJ"dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.
"Biz bunday holat yuz berishi mumkinligini bilardik. Chempionlar ligasining ikki karra g‘olibi maydonida o‘ynadik. Bu juda kuchli jamoa. Albatta, biz g‘alaba bilan yoki hech bo‘lmaganda bir ochko bilan qaytishni istagandik, ammo hechqisi yo‘q.
Bunday mag‘lubiyat qachondir sodir bo‘lishi kerak edi. Biz uch ochko yo‘qotdik. O‘yinimizni yaxshilashimiz va "El-Klasiko"ga yaxshi formada yetib borishimiz uchun murabbiyimiz bizga nimalar deyishini ko‘ramiz.
Bu juda yaxshi tashkillashtirilgan jamoa. Natijaga qaramay, biz ularga munosib qarshilik ko‘rsatdik. Har ikki jamoa ham to‘pga egalik qilishni xohlaydi. Menimcha, bu yaxshi sinov bo‘ldi va bunday raqiblar bilan tengma-teng kurasha olishimizni ko‘rsatdi. O‘ylaymanki, biz yaxshi o‘ynadik.
Bu mag‘lubiyat "Real"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarligimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", — dedi Rafinya.













