Kataloniyaning «Barselona» klubi qanot himoyachisi Xavi Espart UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi safar uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. «Ko‘k-anorranglilar» 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.
«Biz kurashdik, ammo hammasini kichik detallar hal qildi. Ishlashda va rivojlanishda davom etamiz.
Mening golimmi? Bu gol menda ikki xil hissiyot uyg‘otdi, chunki g‘alaba hamisha birinchi o‘rinda turadi. Ammo, albatta, ushbu musobaqadagi ilk golimni urganimdan xursandman», — deya qanot himoyachisining so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazadi.













