Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Bernardu Silva yangi jamoasi safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
Portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "RB Leypsig"ga qarshi uchrashuvning 43-daqiqasida hisobni ochdi.
Bu Bernardu Silvaning "Real" tarkibidagi 11-uchrashuvi bo‘ldi. U bunga qadar madridliklar safida raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmagan edi.
Shuningdek, portugaliyalik yarim himoyachi Ispaniya chempionati doirasida "Atletiko"ga qarshi kechgan Madrid derbisida (1:2) bitta golli uzatma qayd etgan.













