"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandeshning bosh murabbiy Maykl Kerrik va uning shtabiga qaratilgan tanqidiy fikrlari klub ichida jiddiy norozilikka sabab bo‘ldi.
Jurnalist Jeymi Jeksonning xabar berishicha, portugaliyalik futbolchining bayonotidan nafaqat rahbariyat va klub xodimlari, balki Kerrikning o‘zi ham qattiq ranjigan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" vakillari Fernandeshning munosabatini kutilmagan holat sifatida qabul qilgan va o‘zlarini futbolchi tomonidan xiyonatga uchragandek his qilmoqda.
Klubdagi yuqori lavozimli manbalardan biri Brununing fikrlarini hatto "zaharli" deb baholagan.
Shuningdek, "Manchester Yunayted" rahbariyati mazkur vaziyatda bir ovozdan bosh murabbiy Maykl Kerrikni qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fernandesh Chempionlar ligasida "Komo"ga qarshi o‘tkazilgan va 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng murabbiylar shtabining taktik tanlovini ochiq tanqid qilgan edi.













