«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya chempionatining 10-turida «Deportivo»ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng muxlislarga murojaat qildi. Ushbu uchrashuvda argentinalik futbolchi yagona gol muallifiga aylandi.
Alvares 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida bildirgan, Madrid klubini tark etish istagi haqidagi gaplari uchun muxlislardan uzr so‘radi.
«Jahon chempionatida aytgan gaplarim uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Bu xato edi. Gaplarni qanday aytganim, ularni aytish uchun tanlagan vaqtim — bularning barchasi noto‘g‘ri bo‘lganini tushunaman.
Muxlislarni yaxshi tushunaman. Ayniqsa, jamoaga kelganimdan beri ular menga ko‘rsatib kelayotgan qo‘llab-quvvatlashni hisobga olsak. Ular menga juda katta mehr ko‘rsatishdi.
Endi navbat menga. Men ishlashim, bor kuchimni berishim kerak. Shuningdek, menga yordam bergan va qo‘llab-quvvatlagan jamoadoshlarimdan minnatdorman.
O‘zimni tobora yaxshiroq his qilyapman. Jamoadoshlarim doimo meni qo‘llab-quvvatlashdi. O‘z ustimda ishlab, yanada yaxshilanishga harakat qilyapman. Jismoniy holatim yaxshilanmoqda, to‘p bilan ham o‘zimni ancha erkin his qilyapman», — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi AS nashri.













