"Barselona" hujumchisi Karim Adeyemi o‘tgan yozda Kataloniya klubiga qo‘shilishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.
"Hansi Flik — mening bu yerda bo‘lishimga sababchi inson va buning uchun undan juda minnatdorman. Men u bilan ochiq gaplashaman, bu esa juda muhim. U bilan mening o‘rtamda alohida bog‘liqlik bor, xuddi uning butun jamoa bilan bo‘lgan munosabati kabi.
Flik menga bergan birinchi maslahat qanday bo‘lgan? Har bir mashg‘ulotdan, jamoadagi muhitdan, Barselonadan va kataloniyaliklardan zavq olish kerakligini aytgan. U menga birinchi bo‘lib shuni o‘rgatdi.
Men o‘zimni juda qulay his qilyapman. Quyoshli ob-havo va mahalliy aholi menga yoqadi — hamma juda mehribon. Men biror narsani alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Bu yerda hamma narsa ajoyib. Ba’zi do‘stlarim hali ham qaysi klubda o‘ynayotganimga ishona olishmayotganini aytishadi. Ba’zan hali ham tush ko‘rayotgandek tuyuladi", — deya Adeyemining so‘zlarini "Barselona"ning rasmiy sayti keltirmoqda.













